Zelenskiy Sunakdan yana bir qancha muhim qurollarni “undirdi”

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniyaga tashrif buyurib, mamlakat Bosh vaziri Rishi Sunak bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda Buyuk Britaniya Ukraina uchun uzoq masofaga zarba berishi mumkin bo‘lgan hujum dronlari hamda havo hujumidan mudofaa raketalarini berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, bugun, 15 may kuni Vladimir Zelenskiy Rishi Sunak bilan muzokaralar o‘tkazganidan keyin Buyuk Britaniya Ukraina uchun 200 kilometrdan uzoq masofaga uchishi mumkin bo‘lgan yuzlab harbiy dronlarni berishga rozi bo‘lgan. 

“Bugun Bosh vazir Buyuk Britaniyaning Ukrainani yana yuzlab havo mudofaasi raketalari va boshqa uchuvchisiz qurilmalar, jumladan, 200 kilometrdan ortiq masofaga uchuvchi yuzlab hujum dronlari bilan ta’minlashini tasdiqlaydi”, deyiladi Britaniya hukumati bayonotida. 

Va’da qilingan harbiy vositalar kelgusi oylarda yetkazib berilishi aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Ukrainaga Rossiya hududiga ham zarba berishi mumkin bo‘lgan Storm Shadow raketalarini berishi haqida xabar qilingandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa buni dushmanlik harakati deb baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Sunak harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing