Zelenskiy Si Szinpinni Ukrainada kutyapti

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoy rahbari Si Szinpinni mamlakatda qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u bugun, 29 mart kuni “Associated Press” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Biz uni shu yerda ko‘rishga tayyormiz. Men u bilan gaplashmoqchiman. Lekin bu yil, bir yildan ko‘proq vaqt davomida men Si Szinpin bilan hech qanday aloqada bo‘lmaganman”, degan Ukraina rahbari.

Qayd etilishicha, Vladimir Zelenskiy allaqachon Si Szinpinga taklifnoma yuborgan.

Ta’kidlash joizki, Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ikki davlat rahbarlarining suhbati rejalashtirilgani, biroq uni tashkil etishda muayyan qiyinchiliklar borligini ma’lum qilgan. Ukraina tomoni bu holat Xitoyning pozitsiyasi tufayli yuzaga kelganini da’vo qilgan. Ko‘p o‘tmay Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning Xitoy rasmiylari Si Szinpin va Zelenskiy o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan telefon suhbati haqida hozircha hech qanday ma’lumot bera olmasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-22 mart kunlari Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiyada bo‘lgan va Prezident Putin bilan uchrashgan edi. Xitoy rahbari Zelenskiy bilan ham onlayn muloqot qilishi taxmin qilingan, biroq bu amalga oshmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Ukraina Si Tszin'pin Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing