Zelenskiy samolyot halokati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni buyurdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Tehron yaqinidagi samolyot halokatidan so‘ng mamlakatning barcha fuqaro aviatsiyasi samolyotlarini parvozga yaroqliligini tekshirishni buyurdi. 

Shuningdek, davlat rahbari yuz bergan hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilib, surishtiruv olib borishga topshiriq bergan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 8 yanvar kuni Eronda Tehron xalqaro aeroportidan uchgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi.

Aviahalokat natijasida samolyotda bo‘lganlarning barchasi qurbon bo‘ldi. Biroq halokat qurbonlarining soni bo‘yicha ma’lumotlarda o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Shuningdek, ularning qaysi davlat fuqarosi bo‘lgani yuzasidan ham noaniqliklar mavjud. 

Tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda halokatga uchragan samolyotda:

-    Eron fuqarolari - 71 nafar
-    Kanada fuqarolari -73
-    Germaniya fuqarolari – 4
-    Buyuk Britaniya fuqarolari – 3
-    Shvetsiya fuqarolari – 8
-    Afg‘oniston fuqarolari - 6

-    2 nafar yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zolari Ukraina fuqarolari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing