Zelenskiy Rossiyaga “syurprizlar”ni va’da qildi
Olam
−
24 fevral 2024 13954 1 daqiqa
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaga qarshi yangi hujum operatsiyasiga tayyorlanmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, qarshi hujum operatsiyasidan maqsad Ukraina harbiylarining Qora dengizdagi salohiyatini oshirishdan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib, u Ukraina Qurolli kuchlari faqat mudofaa strategiyasini amalga oshirayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Qora dengizdagi vaziyat haqida gapirar ekan, Zelenskiy rossiyaliklarga “syurprizlar”ni va’da qildi, biroq u nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi.
“Biz yangi qarshi hujum, yangi operatsiya tayyorlayapmiz”, degan u.
Shuningdek, Uraina rahbari mamlakat qurolli kuchlarining yo‘qotishlari Rossiyanikidan besh baravar kam ekanini qayd etgan.
"O‘n minglab o‘limlar. O‘n minglab odamlar dunyoni tark etdi. Bu nisbat birdan beshga teng. Jangda halok bo‘lgan har bir askarimizga besh nafar rossiyalik harbiy to‘g‘ri keladi”, deydi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zerlenskiy agar AQSH yordam bermasa, Ukrainaning "B" rejasi yo‘qligini tan olgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025