Zelenskiy AQSH yordamisiz Ukrainada “B” reja yo‘qligini sezdirib qo‘ydi  

Olam

image

Vladimir Zelenskiy agar AQSH yordam bermasa, Ukrainaning "B" rejasi yo‘qligini tan oldi. Bu haqda u "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Qayd etilishicha, Zelenskiydan Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordam bermagan taqdirda, jang maydonida muvaffaqiyatli odimlash imkoniyati bor-yo‘qligi so‘ralgan. U avvaliga to‘liq javob bera olmagan.

"Biz shunga o‘xshash narsani topishimiz kerak, albatta, topamiz, biz shunchaki turmaymiz, omon qolishimiz kerak. Bizda parallel qadamlar, parallel chiziqlar bo‘lishi shart”, degan Zelenskiy.

Shunga qaramay, Prezident G‘arb yordamisiz Ukraina qo‘shinlari tobora ko‘proq yo‘qotishlarga duchor bo‘lishini ham tan olgan.

Ma’lumot uchun, Oq uy AQSH Kongressi a’zolarini tashabbus ko‘pchilikni tashkil etuvchi demokratlar Senat tomonidan ma’qullanganidan so‘ng, xorijiy ittifoqchilarga, jumladan, Ukrainaga yordamni tiklash uchun 60 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratuvchi qonun loyihasini zudlik bilan ma’qullashga chaqirmoqda. O‘z navbatida, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson palatani Kiyevga yordam berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishga majburlash mumkin emasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing