Zelenskiy nega ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini ochiqladi
Olam
−
09 iyun 2020 6526 1 daqiqa
Prezident Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi. U bu haqda bugun, 9 iyun kuni UP nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Men ijtimoiy tarmoqlarga kirmayman. Facebook’dan deyarli foydalanmayman. Pyotr Alekseyevichning (Poroshenkoni nazarda tutyapti – tahr) botlardan iborat armiyasi bizga qarshi harakat qilganidan buyon shunday. Facebook’da ba’zi postlar chop etiladi. Ba’zida buni men qilaman, ba’zida muharrir tayyorlaydi”, dedi Prezident.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, u Instagram’dan foydalanishni yaxshi ko‘radi, ammo hozir unda bu ishga vaqt yo‘q.
Avvalroq, Vladimir Zelenskiy kafega tashrif buyurib, karantin qoidalarini buzgani haqida xabar bergan edik. Prezidentning ana shu surati Davlat devoni tomonidan Instagram’da e’lon qilindi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr