Zelenskiy Nyu-Yorkda Kissinjer bilan uchrashdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda AQSH sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer va amerikalik tadbirkorlar bilan Ukrainani qayta tiklash masalasida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv kecha, 20 sentyabr kuni shaharning markaziy hududida - Manxettenda bo‘lib o‘tgan. Tadbirda Kissinjerdan tashqari milliarderlar Mayk Blumberg, Barri Sternlixt, Robert Kraft, Bill Akman, shuningdek, Google kompaniyasi rahbari Erik Shmidt ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, uchrashuvdan maqsad Ukrainani tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muhokama qilish bo‘lgan. Manbada aytilishicha, tadbir rejalashtirilganidan ko‘proq davom etdi, biroq muzokaralar yakunida biznesmenlar qandaydir majburiyat olgani aniq emas. 

Ma’lumot uchun, bugun, 21 sentyabr kuni Zelenskiy Oq uyda Prezident Jo Bayden bilan ko‘rishishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlagandi. U nutqi davomida Rossiya Qozog‘istonga tahdid qilayotganini bildirgan. Shuningdek u CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni Ukrainada tinchlikka erishish rejasini omma oldida baham ko‘rishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina N'yu-York Zelenskiy Kissinjer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing