Zelenskiy Moskvaga zarba bermasligi kerak – Tramp
Olam
−
16 iyul 7223 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Rossiya poytaxtiga zarba berishga buyruq bermasligi kerakligini aytdi. Bu haqda u kecha, 15 iyul kuni Vashingtondan Pensilvaniyaga uchishdan oldin jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
“Yo‘q, u Moskvani nishonga olmasligi kerak”, dedi Amerika yetakchisi jurnalistlar savollariga javob berar ekan.
Bir necha soat oldin Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Britaniyaning “Financial Times” gazetasida e’lon qilingan Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga Ukrainaning ehtimoliy zarbalari haqidagi so‘zlarini “kontekstdan tashqarida” deb atadi.
“Financial Times” sekin urish uchun so‘zlarni kontekstdan olib tashlashi bilan tanilgan, chunki u o‘layotgan gazeta”, dedi Livitt.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urushni tugatish uchun “tinimsiz” ishlayotgan Tramp “ko‘proq o‘ldirishni rag‘batlantirmagan, shunchaki savol bergan”.
Ma’lumot uchun, “Financial Times” avvalroq Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida 4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati haqida xabar bergan edi.
“Vladimir, Moskvaga zarba bera olasizmi? Sankt-Peterburgga ham zarba bera olasizmi?” deb so‘ragan Tramp Zelenskiydan.
Nashrning yozishicha, ijobiy javob olgach, AQSH Prezidenti bu fikrni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
“The Washington Post” ham Tramp va Zelenskiy 4 iyul kuni Moskva va Sankt-Peterburgga Ukrainaning ehtimoliy zarbalarini muhokama qilgani haqida yozgan. Nashr sharhlovchisi Devid Ignatius o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, Oq uy rahbari o‘tgan hafta Ukraina Prezidenti bilan suhbat chog‘ida nega Moskvaga zarba bermaganini so‘ragan. Ignatius aniq iqtibos keltirmadi.
Live
Barchasi