Zelenskiy koronavirusni yengdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusdan tuzalganini ma’lum qildi. 

"Nihoyat koronavirusga topshirgan testimda manfiy natija qayd etildi", degan u o‘zining Facebook sahifasida

Shuningdek, Zelenskiy odatiy ish tartibiga qaytganidan xursandligini ta’kidlagan. 

Davlat rahbari koronavirusni yuqtirish xavfi haqida unutmaslikni, tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash zarurligini yana bir bor qayd etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy joriy yilning 9 noyabr kuni koronavirusga chalingan edi. 12 noyabr kuni Zelenskiyning "Feofaniya" shifoxonasiga yotqizilgani ma’lum bo‘lgandi. 

Shuningdek, Prezident devoni rahbari Andrey Yermak ham koronavirusga chalingani sababli “Feofaniya” shifoxonasiga yotqizilgandi. 

Ayni vaqtda Ukrainada koronavirusga chalinganlar 635 ming 689 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 11 ming 75 nafari vafot etgan, 291 ming 60 nafari sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS ZELENSKIY

Baholaganlar

27

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing