Zelenskiy Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ini ham ishdan oldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Andrey Gnatovni ham lavozimidan ozod etib, uning o‘rniga general-mayor Igor Skibyukni tayinladi. Bu haqda Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Mixaylo Drapatiy va Yevgeniy Xmara bilan birgalikda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining yangi boshlig‘i general-mayor Igor Skibyuk bo‘lishiga qaror qildik. U katta tajribaga ega harbiy bo‘lib, yangi Bosh qo‘mondon bilan yelkama-yelka Ukrainani himoya qilgan”, degan Prezident yangi tayinlovni izohlar ekan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Bosh vazir Yuliya Sviridenkoni bir yil ishlaganidan so‘ng lavozimidan ozod etgandi. Shuningdek, u davlatning energetika kompaniyasi rahbarini Bosh vazir lavozimiga tavsiya qilgan.

Bundan tashqari, Zelenskiy urushning hal qiluvchi bosqichida Mudofaa vaziri Mixaylo Fedorovni ham ishdan olgan. Shu bilan birga, Zelenskiy mamlakat Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyni lavozimidan ozod etib, uning o‘rniga general-mayor Mixaylo Drapatiyni tayinlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing