Zelenskiy Qrim ko‘prigiga Ukraina hujum qilganini tan oldi (video)

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 12 avgust kuni Qrim ko‘prigiga qilingan hujum uchun javobgar ekanini tan oldi. Bu haqda u bugun, 14 avgust kuni  o‘zining Telegram-kanaliga joylashtirgan videomurojaatida aytib o‘tdi.

“Kerch ko‘prigidagi o‘ta kuchli tutun va boshqalar – bularning barchasi biz Rossiyaning birorta jinoyatini javobsiz qoldirmasligimizdan dalolat beradi. Ukrainaga frontda – Xarkovdan Xersongacha bo‘lgan butun front bo‘ylab natija beradigan har bir jangchimiz Ukrainaga adolat o‘rnatish imkoniyatiga ega”, deb yozgan Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya harakatlariga shu tarzda javob qaytaradi.

Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni Rossiya hukumati Ukraina qurolli kuchlarining ko‘prikka yaqinlashayotgan ikkita raketasi yo‘q qilinganini xabar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy Qrim ko'prigi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing