Zelenskiy Qodirov va Medvedevning farzandlariga sanksiya kiritdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning farzandiga nisbatan sanksiya kiritdi. Bu haqda "Meduza" xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, sanksiyalar ro‘yxatidan Rossiyaning 33 fuqarosi va 225 ta kompaniyasi o‘rin olgan. Jumladan: 

Ilya Medvedev va Svetlana Medvedeva  — Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning o‘g‘li hamda rafiqasi;

Lyubov Kabayeva — gimnatsikachi va "Milliy media guruhi" xoldingi direktorlar kengashi rahbari Alina Kabayevaning onasi;

Tabarik Qodirova — Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi;

Lyubov va Nadejda Kiriyenko — Rossiya Prezidenti Administratsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sergey Kiriyenkoning qizlari;

Jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar 10 yilga amal qiladi. Cheklovlar aktivlarni blokirovka qilish, savdo operatsiyalarini to‘xtatish, litsenziyalarni bekor qilish kabilarni o‘z ichiga oladi. 

Ro‘yxatdagi 155 yuridik shaxs uchun sanksiyalar 10 yil davomida amal qiladi. Ular, shu jumladan, aktivlarni blokirovka qilish, Ukraina orqali savdo operatsiyalari va tranzitni to‘xtatish, mamlakatdan kapitalni olib chiqishni taqiqlash va uning hududidagi ob’ektlarni xususiylashtirishga  taqiqni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya Prezidenti Bashar Asad Moskvaga borgan hamda Putin bilan uchrashuvda Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan edi. Shundan so‘ng Vladimir Zelenskiy uni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shgan.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sanktsiya Qodirov Zelenskiy Medvedev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing