Zelenskiy Asadga sanksiya kiritdi

Olam

Untitled-1

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Suriya Prezidenti Bashar Asadni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Zelenskiyning farmoni Prezident devoni saytida e’lon qilindi.

“Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 2023 yil 18 martdagi “Shaxsiy maxsus iqtisodiy va boshqa cheklash choralarini (sanksiyalarini) qo‘llash va ularga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori kuchga kirsin”, deyiladi Farmonda. 

Hammasi bo‘lib 300 nafar jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgan bo‘lib, Bashar Asad ro‘yxatda 280-o‘rindan joy olgan. Sanksiyalar 10 yil davomida amal qilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bashar Asad Moskvaga borgan, u yerda Putin bilan ko‘rishib, Suriya Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qo‘llab-quvatlashini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Suriya Putin Ukraina Zelenskiy Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing