Zelenskiy Germaniya Prezidenti bilan uchrashdi (video)

Olam

image

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni Berlindagi qarorgohida qabul qildi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Zelenskiy kelganidan keyin shaharda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Shaharning ayrim qismlarida transport harakati to‘sib qo‘yilgan. Federal kansler va Prezident Devoni atrofidagi hududlarda yashovchilar shaxsiy guvohnomasini olib yurishlari kerak.

“Zelenskiy tashrifining aniq dasturi hozircha xavfsizlik nuqtai nazaridan e’lon qilinmadi”, deb yozgan NTV.

AFP'ning qayd etishicha, janob Shtaynmayer bilan uchrashuvdan so‘ng Vladimir Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Germaniya kansleri bilan uchrashuvda Buyuk Karl mukofotini olishi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Karl xalqaro mukofoti Yevropani birlashtirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladi. U XIII asrda Franklar imperiyasining asoschisi Buyuk Karl sharafiga nomlangan. Mukofot laureatlari diplom, medal va 5000 yevro miqdoridagi ramziy mukofot bilan taqdirlanadi. 2022 yilda Belarus muxolifati yetakchilari Svetlana Tixanovskaya, Mariya Kolesnikova va Veronika Tsepkalolar ushbu mukofotni olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Berlin Zelenskiy Shtaynmayer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing