Zelenskiy G‘arbning yordami Ukraina uchun yetarli bo‘lmayotganidan nolidi
Olam
−
17 iyun
4995Ukraina Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonishi uchun G‘arb davlatlarining yordami hali etarli emas. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Shveysariyadagi tinchlik sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
“Yordam bor. Jiddiy paketlar bor. Yutish uchun yetarlimi? Yo‘q”, deydi Zelenskiy.
Shuningdek, Zelenskiy yordam kechikayotganini ham ta’kidladi va Ukraina uchun zarur bo‘lgan ushbu qo‘llab-quvvatlovchi paketlar yaqin kelajakda kuchaytiriladimi, degan savolga javoban, uning ma’muriyati mazkur masala ustida ishlar olib borayotganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta G7 davlatlari Ukrainaga kamida 50 milliard dollar kredit berish bo‘yicha kreditlash tizimini kelishib oldilar.
Bundan tashqari, 2022 yil fevralida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro boshlanganidan buyon Vashington Kiyevning asosiy qo‘llab-quvvatlovchisi bo‘lib, unga allaqachon 113 milliard dollarga yaqin harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatgan.
LiveBarchasi