Zelenskiy endi Saudiyaga bordi
Olam
−
27 fevral
9696Bugun, 27 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ukraina yetakchisi Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ol Saud bilan muzokaralar o‘tkazadi. Zelenskiy muzokaralarning asosiy mavzusi “Tinchlik formulasi” bo‘lishini aytgan. Jumladan, o‘tgan yili ham Jidda shahrida tinchlikka erishish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
“Tinchlik formulasi” 10 banddan iborat bo‘lib, boshqa narsalar qatori, Rossiya qo‘shinlarini Ukrainaning barcha xalqaro tan olingan hududlardan, jumladan, Qrimdan olib chiqib ketish, harbiy jinoyatchilarni jazolash va tovon to‘lash kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Ukraina kelajakda keng ko‘lamli xalqaro sammit o‘tkazishga umid qilmoqda, unda jahon yetakchilari urushni hal qilishning ushbu umumiy tamoyillarini tasdiqlaydi", deb yozgan Zelenskiy.
Shuningdek, u Saudiya Arabistonidagi muzokaralarning yana bir mavzusi sifatida mahbuslar va deportatsiya qilinganlarning qaytarilish masalasini ham tilga olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq urushning 2 yilligi munosabati bilan G‘arb yetakchilari Kiyevga to‘plangan edi.
LiveBarchasi