Zelenskiy dunyo uchun xushxabar aytdi

Olam

image

Ukraina g‘alla eksport qilishga tayyor. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 29 iyul kuni “Katta yettilik” davlatlari va Turkiya elchilari bilan uchrashish uchun Odessaga kelganida ma’lum qildi.

“Turkiya tomoni va BMT tovarlarni qabul qilishga tayyor ekanliklarini bildirishi bilanoq hammasi boshlanadi. Menimcha, bugun yoki ertaga hammasi boshlanadi”, deya ta’kidladi Zelenskiy.

Buyuk Britaniyaning Ukrainadagi elchisi Melinda Simmons ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida G7 va Turkiya elchilari don kelishuvini qo‘llab-quvvatlash uchun Odessaga kelganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffitsga ko‘ra, Odessadan yo‘lga chiqadigan, Ukraina doni ortilgan birinchi kema Somaliga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.

Ukraina Qurolli Kuchlarining “Janub” operativ qo‘mondonligi Istanbulda shartnoma tuzilganiga 24 soat to‘lmasdan, 23 iyul kuni ertalab Rossiya harbiylari Odessa dengiz savdo portiga “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirgani haqida xabar berdi.

Ukraina TIV  hujumga munosabat bildirib, Rossiya raketasi Vladimir Putinning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yuziga tupurish, deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Ukraina g'allasi

Baholaganlar

1135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing