Zelenskiy chegara hududlarida dron uchirishni taqiqladi
Olam
−
31 iyul 2023 8730 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchuvchisiz samolyotlarning chegara zonasi ustidan uchib o‘tishini taqiqlovchi va qonunbuzarliklar aniqlansa, Qurolli kuchlar va politsiyaga ularni urib tushirishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak ma’lum qildi.
“Prezident dronlardan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish haqidagi “Ukrainaning ayrim qonun hujjatlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish va ularni noqonuniy ishlatishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi № 8185 qonun loyihasini imzoladi”, deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Hujjatga ko‘ra, chegara chizig‘i, kirish-chiqish punktlari, shuningdek, Davlat chegara xizmati ob’ektlari ustidan har qanday uchuvchisiz samolyot parvozlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Ukraina Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ukraina Xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va politsiyaga uchuvchisiz samolyotlar egalari tomonidan Ukraina havo hududidan foydalanish tartibi va qoidalari buzilishining oldini olish, aniqlash va bostirish, shu jumladan uchuvchisiz havo kemasining parvozini majburan to‘xtatish vakolatlari berilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq poytaxt Kiyev, shuningdek, Zaporoje, Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlariga raketa va hujumchi dronlar bilan zarba berilgandi. Rossiya poytaxti Moskvaga esa 24, 28 va 30 iyul kuni dronlar hujumi uyushtirildi.
Live
Barchasi