Zelenskiy birinchi marta Pashinyan bilan uchrashdi. Bu nimani anglatadi?

Olam

image
Pashinyan Armanistonning Rossiya bilan munosabatlarini strategik xato deb atadi north_east

Pashinyan Armanistonning Rossiya bilan munosabatlarini strategik xato deb atadi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ispaniyaning Granada shahrida Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti doirasida qisqa suhbat o‘tkazdi, bu ularning ilk uchrashuvi bo‘ldi. Bu haqda Zelenskiyning Telegram’dagi kanalida xabar berildi.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ular Janubiy Kavkazdagi xavfsizlik holati, davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik va mintaqalararo iqtisodiy loyihalarni muhokama qilgan. 

“Ukraina mintaqa barqarorligi va undagi mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlardan manfaatdor”, deydi Zelenskiy.

Siyosatshunos Yuriy Svetovning fikricha, Zelenskiy va Pashinyanning uchrashuvi shunchaki ramziy ma’noga ega, Armaniston Ukrainaga hech narsa bera olmaydi. 

“Armaniston Zelenskiyga hech narsa bermaydi. Bu simvolizm. Bu Zelenskiyga “Qarang, yana bir davlat Rossiyaga do‘st bo‘lish oqibatlarini tushundi”, deyish imkonini beradi, xolos”, degan Svetov.

Shuningdek, u Pashinyanning rafiqasi sentyabr oyi boshida Kiyevga kelishi va Zelenskiyning rafiqasi bilan uchrashuvini ham misol qilib keltirgan. 

“KXSHT tarkibiga kiruvchi va o‘zini Rossiyaning ittifoqchisi deb ataydigan Armaniston Bosh vaziri Ukraina Prezidenti bilan uchrashuvi orqali Rossiyadan uzoqlashish niyatini oshkor etgan”, deydi siyosatshunos.

Ma’lumot uchun, 6 sentyabr kuni Armaniston Bosh vazirining rafiqasi Anna Akopyan Kiyevda Ukraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya tomonidan tashkil etilgan birinchi xonimlar va janoblar sammitida ishtirok etdi. “Armenpress” xabariga ko‘ra, Bosh vazirning rafiqasi Ukrainaga insonparvarlik yordamiyb topshirgan. Bu Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi harbiy mojaro boshlanganidan beri Armaniston tomonidan ko‘rsatilgan birinchi gumanitar yordam bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 oktyabr kuni Armaniston Milliy assambleyasi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing