Zelenskiy bir yil ichida 12 dan ortiq suiqasddan omon qoldi – OAV

Olam

image

Amerikalik jurnalist Kris Uippl Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘tgan yil davomida 12 dan ortiq suiqasddan omon qolganini aytdi. Uning so‘zlarini “The Independent” nashri keltirgan.

Uipplning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi urushi boshidanoq AQSH razvedkasi Kiyevga Zelenskiyning hayotiga suiqasd qilish ehtimoli haqida ma’lumot berib kelgan. Ammo bu ogohlantirishlar Kiyevda jiddiy qabul qilinmagan.

Kris Uippl ma’lumot manbasini oshkor qilmagan, biroq u ma’lumotlarni  Baydenning ichki doirasidagi yuqori martabali amaldorlar, xususan, Oq uy rahbari Ron Klayn bilan suhbatlarga asoslanganini aytgan.

Rasmiy Kiyevga ko‘ra, Zelenskiy urush boshlanganidan beri o‘ndan ortiq suiqasddan omon qolgan. Uipplning ta’kidlashicha, Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Zelenskiyga Kiyevga safari chog‘ida bergan ma’lumotlar tufayli kamida ikkita suiqasdning oldi olingan.

2022 yil mart oyida “The Times” gazetasi Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri kamida uchta suiqasddan omon qolgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek, dekabr oyi oxirida CNN telekanali Ukraina rahbarining Vashingtonga tashrifi chog‘ida uning hayotiga suiqasd bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqib, xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

suiqasd Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing