Zelenskiy Baydenning chaqirig‘iga binoan AQSHga yetib keldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 31 avgust kuni AQSHga keldi. Bu haqda Zelenskiyning idorasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan.  

“Zelenskiy va birinchi xonim Yelena Zelenskaya ishchi tashrif doirasida, Jozef Baydenning taklifiga binoan Vashingtonga keldi. Kun tartibida ikki davlat rahbarlarining yakkama-yakka va kengaytirilgan delegatsiyalar tarkibidagi uchrashuvlari bor”, deyilgan xabarda. 

Ukrainaning AQSHdagi elchisi Oksana Markarovaga ko‘ra, davlat rahbari 31 avgust va 1 sentyabr kunlari Vashingtonda bo‘ladi, shundan so‘ng Kaliforniyaga boradi va u yerda amerikalik ishbilarmonlar bilan muzokara olib boradi. 

Ta’kidlanishicha, tashrif davomida rasmiylar bilan muloqot o‘tkaziladi va turli hujjatlar imzolanadi. Tashrif dasturi bir necha kunga mo‘ljallangan bo‘lib, Sharq va G‘arb sohillarining turli shaharlarini qamrab oladi. 

Avvalroq, muzokaralarda “Zelenskiyning korrupsiyaga qarshi kurashish va umumdemokratik qadriyatlariga asoslangan islohotlar dasturini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari” Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi muhokama qilinishi haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot o‘rnida, Zelenskiy 2019 yil kuzda rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘lib, BMTning Bosh assambleyasida so‘zga chiqqan va AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. Biroq Zelenskiy hali Oq uyda bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Bayden

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing