Zelenskiy Baydenga nimalar sovg‘a qilgani ochiqlandi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden 2022 yilda chet el yetakchilaridan umumiy qiymati 77 900 dollarlik sovg‘alar oldi. Bu haqda kecha, 14 fevral kuni AQSH Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan hujjatda ma’lum qilindi. 

Unda 2022 yilda AQSH rasmiylari tomonidan olingan sovg‘alar haqida hisobot taqdim etilgan.

Hisobotda ko‘rsatilishicha, sovg‘alarning aksariyati AQSH Milliy arxivlar va yozuvlar boshqarmasiga topshirilgan yoki topshirishga tayyorlanmoqda. Yahudiy davlati Prezidenti Isxak Gersog Baydenga topshirgan Isroilning eng oliy fuqarolik mukofoti bo‘lgan Prezident medali bundan mustasno edi. U Oq uyning G‘arbiy qanotiga joylashtirilgan.

Amerika yetakchisi 2022 yilda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan ham sovg‘alar oldi. 4 noyabr kuni Zelenskiy Baydenga “Nur g‘alaba qozonadi” kartinasi, shuningdek, an’anaviy ukrain ko‘ylagi va shahzoda Yaroslav Donishmand ordeni to‘plamini sovg‘a qildi. Sovg‘a narxi 1429 dollarga baholanmoqda. 21 noyabr kuni Ukraina rahbari AQSH Prezidentiga taxminiy qiymati 2,4 ming dollarga teng bo‘lgan “Apelsin naqshlari” nomli navbatdagi kartinani sovg‘a qildi.

Ma’lumot uchun, Amerika qonunchiligi odatda mansabdor shaxslarga 480 dollardan ortiq sovg‘alarni qabul qilishni taqiqlaydi. Istisno diplomatik sovg‘alar bo‘lib, ularni qabul qilmaslik "hadya berayotgan odamni xafa qilishi yoki sharmanda qilishi", shuningdek, AQSHning boshqa davlatlar bilan munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing