Zelenskiy barcha viloyat harbiy komissarlarini ishdan bo‘shatdi
Olam
−
11 Avgust 2023 9934 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy barcha mintaqaviy harbiy komissarlarni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Ukraina Prezidentining rasmif veb-saytida ma’lum qilindi.
Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyga harbiy komissarlarni ishdan bo‘shatish va jangovar zonada bo‘lgan harbiy komissarlarni o‘z o‘rniga tayinlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
"Biz barcha mintaqaviy harbiy komissarlarni ishdan bo‘shatamiz. Urush davridagi bema’nilik va poraxo‘rlik davlatga xiyonatdir", degan Zelenskiy yig‘ilish yakunida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Prezident Vladimir Zelenskiyning farmoni bilan Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Vadim Pristayko ishdan bo‘shatilgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr