Zelenskiy AQSHga rahmat aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga Kiyevga yangi harbiy yordam paketi uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Ukraina rahbari kecha, 4 noyabr kuni Twitter’da yozgan. 

“AQSH Prezidenti Jo Bayden va Amerika xalqiga yana 400 million dollarlik harbiy yordam paketi uchun rahmat, Ukraina tuprog‘ini ozod qilishimizga yordam beradigan zirhli mashinalar uchun. Biz bu cheksiz yordamni qadrlaymiz!”, deb yozgan davlat rahbari. 

Avvalroq AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga yangi 400 million dollarlik mudofaa yordami paketini ajratgan edi. Bu haqda kecha, 4 noyabr kuni Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx brifingda ma’lum qildi. 

Yangi paket HAWK zenit-raketalarini keyinchalik Ukrainaga topshirish uchun ularni modernizatsiya qilish uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutadi. 

Bundan tashqari, Ukrainaga yaxshilangan optika, aloqa va zirhlarga ega 45 ta yangilangan T-72B tanklari, shuningdek, 1100 ta Phoenix Ghost taktik uchuvchisiz uchoqlari, 40 ta zirhli daryo qayiqlari, xavfsiz aloqa tizimlari va kuzatuv tizimlari yetkazib beriladi. 

Shuningdek, 250 ta M1117 zirhli xavfsizlik texnikasini modernizatsiya qilish va o‘tkazilgan texnikaning jangovar tayyorgarligini saqlash va xizmat ko‘rsatish uchun ham mablag‘ ajratilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing