Zelenskiy AQSH Kongressida nutq so‘zlamoqchi
Olam
−
14 mart 2022 11268 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 16 mart kuni AQSH Kongressi a’zolariga videokonferensaloqa orqali murojaat qiladi. Bu haqda Nensi Pelosi va Chak Shumer bayonotida so‘z boradi.
AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va Senatdagi Demokratik ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer Kongress a’zolariga maktub yo‘llagan.
“Ukraina prezidenti 16 mart kuni soat 09:00da Vakillar palatasi va Senat a’zolariga murojaat qiladi”, deyiladi maktubda.
Yig‘ilishga AQSH qonun chiqaruvchi organining har ikki palatasining barcha a’zolari taklif etilgan
Pelosi va Shumerga ko‘ra, AQSH Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Live
Barchasi