Zelenskiy 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini aytdi 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda 2024 yilda saylovlar o‘tkazilsa, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini istisno qilmadi. Bu haqda u Portugaliyaning RTP televideniyesiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“2024 yilda urush va saylovlar bo‘lsa, men hayotimda hech qachon o‘z vatanimni tark etmayman. Chunki men konstitutsiyaning kafiliman va nima bo‘lishidan qat’iy nazar uni himoya qilaman”, degan Zelenskiy.

Shu bilan birga, Zelenskiy Ukrainada harbiy holat davrida saylovlar o‘tkazilmasligini, biroq qonunchilikni o‘zgartirish mumkinligini tushuntirgan.

“Qonunga ko‘ra, hozir saylov o‘tkazishga haqqimiz yo‘q, lekin men qonunchilikdagi bunday o‘zgarishlarga tayyorman”, deydi Ukrainaning amaldagi Prezidenti. 

Muxoliflarning Zelenskiy hokimiyatni yo‘qotishdan qo‘rqayotgani haqidagi da’volariga izoh berar ekan, u “jamiyatda katta qo‘llab-quvvatlash”dan bahramand bo‘lgani uchun umuman hech narsadan qo‘rqmasligini aytgan.

Ma’lumot uchun, Zelenskiy 2019 yilda prezidentlikka saylanishidan oldin, agar saylovda g‘alaba qozonsa, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yish niyatida emasligini aytgan. Ukraina Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezidentlik saylovlari 2024 yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina saylov Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing