O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi
Sport
−
02 mart 2019
6791O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida "China Cup" musobaqasida qatnashishadi. Mazkur musobaqa 21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va final o‘yinlaridan iborat bo‘ladi.
Musobaqa tashkilotchilarining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston yarim finalni 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Mezbon Xitoy esa 21 mart kuni Tayland bilan kuch sinashadi. Yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar 25 mart kuni finalda o‘zaro to‘qnash kelishadi. Shuningdek, yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan jamoalar 25 mart kuni 3-o‘rin uchun bahsda maydonga tushishadi.
Ma’lumot uchun, "China Cup" musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017 yil musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Chili terma jamoasi g‘olib chiqqan.
LiveBarchasi