O‘zbekistonda Alisher Usmonov nomidagi xalqaro biznes markazi va maktabi ochiladi

Jamiyat

image

Namangan viloyatida noyob loyiha sifatida xalqaro biznes markazi va zamonaviy biznesni o‘rgatadigan maktab ochiladi. Unga taniqli o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning nomi beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 fevral – 1 mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi doirasida viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilgan. 

“Hamma ham tadbirkor bo‘lavermaydi. O‘qitish kerak, sir-asrori bo‘lishi kerak. Namanganda tug‘ilib, dunyoga taniqli tadbirkor bo‘lish, bu Namangan havosi, Namanganning suvi, Namangan xalqining katta ehtiromi va mehnati natijasi bo‘lsa kerak. Namanganning yoshlarini tarbiya qilsangiz, Namangan xalqiga butun umr zamin va esdalik bo‘ladi”, deydi davlat rahbari. 

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, xalqaro biznes markazi, zamonaviy umumta’lim maktabi va Nanayda zamonaviy sanatoriya barpo etishga ham qaror qabul qilingan. 

Avvalroq, Alisher Usmonov Namangan viloyatidagi “Obod qishloq” loyihasi uchun 50 million AQSH dollari miqdorida naqd homiylik mablag‘ini jo‘natgani haqida xabar bergan edik. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “USM Holding” aksiyadorlik jamiyati ta’sischisi va rahbari Alisher Usmanov Burhonovichni “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlash haqida farmonni imzolagan edi.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing