O‘zbek {c48aa280} {5d1e91ae} {aa164fee}-{7feead4a} muvafaqqiyat {a2323b42} boshlashdi
Sport
−
09 mart 2019 4539 1 daqiqa
Marokashda dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa o‘tkazilmoqda. Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini beruvchi joriy turnirning birinchi kuni O‘zbekiston sportchilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Musobaqaning ilk kunida erkaklar toifasidagi ikkala vaznda ham o‘zbek dzyudochilari finalda ishtirok etishdi.
Dastlab, 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Sharofiddan Lutfullayev oltin medal uchun kechgan bahsda ukrainalik Artyom Lesiukka qarshi kurashdi. Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlamagach, “oltin ochko”ga murojaat qilindi. Qo‘shimcha vaqtning 13 soniyasida Lutfullayev bajargan usul yakunda terma jamoa uchun musobaqadagi dastlabki oltin medalni olib keldi.
Shundan so‘ng, 66 kilogrammgacha vaznning final bahsida Sardor Nurullayev chempionlik uchun kurashdi. Sardorga bu yo‘lda misrlik Muhammad Abdulmavjud raqiblik qildi. Bellashuv davomida raqibidan ustun ekanligini ko‘rsata olgan Sardor uchinchi daqiqa o‘tib borayotgan paytda raqibini sof usulga tushurib, misrlik dzyudochini muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Marokash Gran-prisining birinchi kunida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida peshqadamlik qilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025