O‘zbek bokschisidan navbatdagi yorqin g‘alaba
Sport
−
10 mart 2019
7117O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov bugun 10 mart tongda AQSHning Nyu-York shahrida tashkil qilingan boks kechasida o‘zining navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.
Venesuelalik bokschi Frenk Roxasga qarshi kechgan bahs kutilganidan ham erta yakunlandi. 10 raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundida Isroil ajoyib zarbasi bilan nokautchi raqibini yerga qulatdi. Bu g‘alabadan keyin o‘zbek sportchisi WBA yo‘nalishida o‘z reyting pog‘onasini ham sezilarli ravishda yaxshilab olishi kutilayapti. |
Shu tariqa, Isroil Madrimov o‘tkazgan ikkita jangida ham raqiblarini nokaut evaziga dog‘da qoldirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Madrimov birinchi jangida meksikalik Vladimir Ernandes ustidan g‘alaba qozonib, WBA Intercontinental kamariga ega chiqqan edi.