Zargarlik buyumlarini yashirish naf bermadi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2019
3523Bojxona xodimlari tomonidan buyumlarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining bir qator chegara bojxona postlari tomonidan ana shunday xolatlarning bir nechtasi fosh qilindi.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan “Olmata-Nukus” yo‘nalishidagi avtobusda kirib kelgan fuqaro S.R.ning qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida ushbu shaxsning yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, jami 162 gramm kumushdan yasalgan umumiy qiymati 4,8 million so‘mlik 15 dona zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda mazkur post xodimlari tomonidan mamlakatimizga piyoda holda kirib kelgan fuqaro X.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, fuqaro X.D.ning kiyimlari orasida hamda soch turmagi ichiga 477 gramm kumushdan yasalgan, umumiy qiymati salkam 12 million so‘mlik 105 dona zargarlik buyumlari yashirilganligi fosh qilindi.
Shuningdek, “Oybek” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro O.Sh. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs bojxonachilarga ma’lum qilmasdan 129,3 million so‘mlik umumiy vazni 497,38 gramm bo‘lgan tilladan yasalgan 156 dona zargarlik buyumlarini qo‘shni davlatdan noqonuniy olib o‘tishga uringani aniqlandi.
Holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi