O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi medallari 29 taga yetdi

Sport

−

image

Bugun, 25 sentyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 6-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi kanoe va baydarkada eshkak eshish bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Dastlab 500 metr masofaga kechgan to‘rtlik dasturida Yekaterina Shubina, Arina Tanatmisheva, Milana Dushev-Yanich va Shahrizoda Mavlonovadan iborat kvartet finishga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

So‘ngra kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vladlen Denisov joriy Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi kumush medalini qo‘lga kiritdi. Yakkalik bahslarida ishtirok etgan sportchi 500 metr masofani ikkinchi bo‘lib yakunladi.

Ayollar o‘rtasida Kanoeda eshkak eshish bahslarida 500 metr masofaga kechgan juftlikda Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirovadan iborat tandem finishga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Shu tariqa, baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarining bugungi dasturida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobini uchta kumush medal bilan to‘ldirdi.

Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 29 taga (6 ta oltin, 15 ta kumush va 8 ta bronza) yetdi. Ayni damda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga 25 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing