Zarafshon tog‘ tizmasida turistik zona tashkil etiladi
Jamiyat
−
26 noyabr 2973 1 daqiqa
Zarafshon tog‘ tizmasidagi “Qortog‘” zonasida 600 gektarlik turizm zonasi, “Qoratepa” suvombori atrofida kemping va kapsula uylar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda kecha, 25 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Urgut tumanida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, Urgutga yil boshidan beri 500 ming xorijiy va 1 million mahalliy sayyoh tashrif buyurgan. Yig‘ilishda 2026 yilda 600 mln dollarlik turizm loyihalarini boshlab, kamida 35 ming aholini band qilish zarurligi qayd etilgan. Xususan, tadbirkorlar Zarafshon tog‘ tizmasida joylashgan “Qortog‘” zonasida 600 gektar maydonda turizm zonasi tashkil etish tashabbusini bildirgan.
Bundan tashqari, “Qoratepa” suvombori atrofida kemping va kapsula uylar qurib, “Eko shaharcha” qurilsa, turistlarga yil 12 oy xizmat ko‘rsatadigan maskanga aylanishi mumkin.
Shu bois, mutasaddilarga Urgutda turistik-rekreatsion zona direksiyasini tashkil etish, master-reja ishlab chiqib, lotlarni savdoga chiqarish topshirildi. Ushbu loyihaning infratuzilmasi uchun 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Umuman, Urgutdagi yondashuvlar asosida yana 245 million dollarlik loyihalar hisobiga 8 ta tumanda 15 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahri kengaytirilishi ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi