Zangiotadagi maktabda o‘quvchilar majburiy ishlatildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi maktabda o‘quvchilar jazo sifatida majburiy ishlatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.N. murojaat qilib, ta’lim muassasasida maktab direktori hamda ayrim pedagoglar tomonidan o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish (daraxt oqlash, yer sug‘orish, qor kurash kabi) holatlariga yo‘l qo‘yilganini bildirgan va mas’ullarga chora ko‘rishni so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan. Aniqlanishicha, go‘yoki tarbiyaviy jazo chorasi deb, o‘quvchilarga nisbatan majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgan.

Ushbu qonunbuzarlik holati yuzasidan maktab ma’muriyatiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan (mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) ma’muriy jarima jazosi qo‘llangan.

Xabarda holat aynan qaysi maktabda yuz bergani va qancha o‘quvchi majburiy mehnatga jalb qilinganiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Zangiota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing