Zangiotadagi ishlab chiqarish sexida katta yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
08 noyabr 2415 1 daqiqa
Bugun, 8 noyabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi ishlab chiqarish sexlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:46 da FVBga tumanning “Gulbog‘” MFYda joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:50 da yong‘in joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan sexlardan birida yong‘in sodir bo‘lgandi.