Zangiotada “Volga” suvga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Volga” avtomobili suvga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda “Avtopatrul” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Joriy yilning 11 fevral kuni 16:00 larda 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan turib “Volga” avtomobilini boshqargan. U yuqori tezlikda harakatlangan. Oqibatda boshqaruvni yo‘qotib, Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan.

Haydovchi mashinadan chiqolmay, suvda cho‘kib halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, avtomobilni kanaldan chiqarib olgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari! Yo‘l-transport hodisalariga tezlikni oshirish, belgilanmagan joydan harakatlanish, qoidalarga amal qilmaslik sabab bo‘ldi. Eng achinarlisi, oilalar boquvchisidan, farzandidan ayrildi. Hayot atalmish buyuk ne’matni yo‘llarda qurbon qilmang”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Zangiota Bo'zsuv “Volga”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing