Zangiotada poliklinikalarga ajratilgan pullar “yeb yuborildi”

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati Zangiota tumanida oilaviy poliklinikalarni ta’mirlashdagi talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “N.Q.” mas’uliyati cheklangan jamiyati sobiq rahbari M.A. birlashmaga qarashli qishloq oilaviy poliklinikalarini ta’mirlashda hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozgan. U bu orqali  392,9 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Zangiota talon-toroj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing