Zangiotada hojatxonadan yosh bolaning jasadi topildi
3-sahifa
−
03 Oktabr 2023
10736Toshkent viloyatida 4-5 yoshlar orasidagi bolaning jasadi hojatxonadan topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, joriy yilning 1 oktyabr kuni Zangiota tumanida joylashgan bir uyning hojatxonasidan yoshi taxminan 4-5 bo‘lgan erkak jinsiga mansub murda topilgan.
Xozirda Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, tergov olib borilmokda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 28 yoshli ayol 4 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgandi. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida esa 3 yoshli o‘g‘lini o‘ldirib, tashlandiq ariqqa tashlab ketgan erkakka 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
LiveBarchasi