“Ekobozor”da koronavirus chiqdi. Bozor yopiladimi?

Jamiyat

image

Kecha 24 iyun kuni aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha ham Toshkent shahrida yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Kecha aholi orasida 31 nafar kasallik aniqlangan bo‘lsa, shularning 18 nafari poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, quyidagilarda koronavirus aniqlandi:

•    Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi M.B.da (“Ekobozor”ga borib kelgandan so‘ng tana harorati ko‘tarilgan),

•    Shahar xokimligi obodonlashtirish muassasasi xodimi D.E.

•    Uchtepa tumanida yashovchi X.Yu.

•    Olmazor tumanida yashovchi M.Q., M.X. va S.F. (uy bekasi, homilador, tug‘ruqxonaga yotish uchun namuna topshirgan),

•    Chilonzor tumanida yashab, Toshkent tumanidagi "Zangiota" bojxona postida faoliyat ko‘rsatuvchi Sh.S.

•    "Comfort Leather" korxonasi xodimi va uning 5 nafar oila a’zosida

•    Sergeli tumanida yashovchi, nafaqadagi fuqaro D.A. va uning turmush o‘rtog‘i A.A.

•    "O‘zagrotexsanoatxolding" AJ xodimi B.S.

•    Chilonzor tumanida yashovchi D.S.

Fuqaro “Ekobozor”ga borib koronavirus yuqtirib olganidan keyin savdo majmuasi karantinga yopiladimi yoki yo‘q, bu masala bo‘yicha SSV hech bir ma’lumot bermagan.

“O‘tgan ikki kunlik holat Toshkent shahrida karantin qoidalari bejiz kuchaytirilmaganini ko‘rsatib turibdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.

Quyidagi uch qoidaga muttasil amal qiling:

•    Niqob taqishni unutmang.

•    Ozodalikka rioya qiling.

•    Ijtimoiy masofa saqlang.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Ekobozor

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing