Zambiyaning sobiq prezidenti 8 oydan beri dafn qilinmadi

Olam

image

Zambiyaning sobiq prezidenti Edgar Lunguning jasadi o‘lganiga sakkiz oy bo‘lsa ham, haligacha Janubiy Afrikadagi murdalar saqlanadigan joyda turibdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Gap shundaki, Lunguning oilasi bilan amaldagi Prezident Xakainde Xichilema o‘rtasida katta tortishuv chiqqan. Zambiya poytaxti Lusakada davlat dafni uchun qabr ham qazilgan, lekin u haligacha bo‘sh turibdi.

Lungu 2025 yilning 5 iyunida 68 yoshida, qizilo‘nggach operatsiyasidan keyingi asoratlar sabab vafot etgan. U o‘limidan oldin oilasiga Xichilemani jasadiga yaqinlashtirmaslikni aytgan. Oila oddiy, xususiy dafn marosimi o‘tkazmoqchi. Hukumat esa davlat darajasidagi marosim bo‘lishini talab qilmoqda.

Ish sudgacha borgan. Avgust oyida Janubiy Afrika sudi Zambiya hukumati jasadni vatanga olib ketishi mumkin, degan qaror chiqargan. Lunguning singlisi Berta sudda yig‘lab, Xichilemani jasadni “marosimlar uchun ishlatmoqchi” deb ayblagan. Prezident esa bu gaplarni rad etgan va o‘zining xristian diniga ishonishini, sehr-joduga ishonmasligini aytgan.

Ikki siyosatchi o‘rtasidagi ziddiyat yangi emas. Lungu 2015 va 2016 yilgi saylovlarda Xichilemani yutgan. Keyin raqibi davlatga xiyonat aybi bilan qamalib, to‘rt oy hibsda o‘tirgan. 2021 yilda esa Xichilema saylovda g‘alaba qozongan. Shundan keyin Lungu pensiya pulidan mahrum qilingan va uning oila a’zolariga nisbatan jinoiy ishlar ochilgan.

Xabarda aytilishicha, Zambiyada bu holat faqat siyosiy emas, balki ruhiy-e’tiqodiy masala sifatida ham qabul qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zambiyada prezidentning hayotiga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan ikki nafar erkak folbin ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zambiya Edgar Lungu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing