Zambiyalik murabbiy jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

Sport

image

Futbol bo‘yicha Zambiya ayollar terma jamoasi murabbiyi futbolchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Zambiya terma jamoasi bosh murabbiyi Bryus Mvape futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasidagi Kosta-Rikaga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinidan 2 kun avval futbolchilaridan birining ko‘kragiga tegingan. FIFA matbuot xizmati ham murabbiyning ustidan mazkur holat yuzasidan shikoyat kelib tushganini tasdiqlagan. 

Unga ko‘ra, terma jamoaning bir qancha futbolchilari mashg‘ulotlardan so‘ng murabbiy Bryus Mvape futbolchi qizning ko‘kragiga teginganining guvohi bo‘lgan. Ular milliy terma jamoadagi kelajagidan qo‘rqib, jamoasi turnirni tark etguniga qadar bu haqda xabar bermagan.

FIFA delegati va Zambiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti voqeadan xabardor va ayni damda Bryus Mvape tashkilot tomonidan tergov qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA jinsiy tajovuz Zambiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing