Zaxarova Rossiya bilan aloqani uzish Markaziy Osiyo davlatlariga qimmatga tushishini aytdi

Olam

image

Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya bilan aloqalarni uzishi G‘arb sanksiyalaridan ham yomonroq oqibatlarga olib keladi. Bu haqda kecha, 17 may kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifing chog‘ida ma’lum qildi

“Biz shunga aminmizki, Markaziy Osiyo davlatlari mamlakatimiz bilan aloqalarni sun’iy ravishda cheklash natijasida yetkazilgan zararni na G‘arb, na boshqa hech kim qoplay olmasligini yaxshi biladi. Hamkorlarimiz mamlakatimiz bilan aloqalarni to‘xtatishdan ko‘rish mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar ikkilamchi sanksiyalar ta’siridan ko‘ra anchagina ko‘proq bo‘ladi”, deydi Zaxarova.

Diplomatning ishonishicha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hamkorlik rishtalariga va tarixiy umumiy ildizlarga sodiq qoladi. Bularning barchasi ittifoqchilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslanadi. 

Shu bilan birga Zaxarova Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga qaror qilganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Zaxarova bundan avval Rossiyaga do‘st bo‘lgan mamlakatlardagi axborot maydonini yolg‘on va provokatsion bayonotlar tarqatish maydoniga aylantirmaslikka chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Markaziy Osiyo Mariya Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing