Zaxarova AQSHni rekord darajadagi qarz bilan tabrikladi

Olam

image

Yangi 2024 yilning ilk kunlarida dunyo AQSHning davlat qarzi 34 trillion dollar chegarasidan oshib ketganidan xabar topdi. Ushbu rekord darajadagi qarz darajasi mamlakat tarixida birinchi bo‘lib, 2024 yil 2 yanvarga to‘g‘ri keldi. Bir necha oy oldin Amerika davlat qarzi hozirgi darajasidan bir trillion dollarga past edi.

AQSH Moliya vazirligining 2 yanvar holatidagi so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, davlat qarzi 34 trillion dollar chegarasidan oshib, roppa-rosa 34,001 trillion dollarni tashkil qildi. Bu katta qarz Amerika iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi kutilmoqda, chunki unga xizmat ko‘rsatish byudjet daromadlarining uchdan bir qismini talab qiladi.

Holatga munosabat bildirgan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Qo‘shma Shtatlarni davlat qarzi bo‘yicha 34 trillion dollardan oshgan yangi tarixiy rekordga erishgani bilan tabrikladi. U bu haqda o‘zining Telegram'dagi kanalida yozdi.

“AQSHning davlat qarzi 34 trillion dollardan oshdi. Yangi qarz muborak bo‘lsin”, degan Zaxarova kinoya bilan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing