Zafarobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
05 mart 2024
6474Bugun, 5 mart kuni Jizzax viloyatidagi Zafarobod tumaniga G‘ayratjon Eshpo‘latov yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ushbu masala ko‘rib chiqilgan. Sessiyada Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga Zafarobod tuman hokimi lavozimiga yangi nomzodni tanishtirdi.
Viloyat hokimining G‘ayratjon Eshpo‘latovni Zafarobod tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, G‘ayratjon Eshpo‘latov tayinlovga qadar Paxtakor tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 mart kuni Jamoliddin Hojimanov Sirdaryo viloyatidagi Guliston shahriga, Anvarjon Ochilov esa Buxoro viloyatidagi Buxoro tumaniga hokim etib tayinlangandi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi