Toshkentda uchta tuman hokimi lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
13:54 2358 2 daqiqa
Toshkent shahrining Chilonzor, Yashnobod va Yangihayot tumanlari hokimlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi Gulnoza Qosimova ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, Chilonzor tumaniga rahbarlik qilib kelayotgan Saidqahhor Xolxo‘jayev, Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyor Rahmonqulov va Yangihayot tumani tashkil etilganidan buyon unga rahbarlik qilib kelgan Hayot Inog‘omovlar boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etilgan. Hozircha ularning keyigi ish joyi ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li Xolxo‘jayev 2022 yilning avgust oyida Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlangandi. Undan oldin Xolxo‘jayev Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ishlagan.
Shuningdek, Baxtiyor Tugamboyevich Rahmonqulov 2020 yilning avgustida Yashnobod tumanining hokimi etib tayinlangandi. Undan oldin u Toshkent shahar hokimi o‘rinborsari – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shu bilan birga, Hayot Ilyasovich Inog‘omov 2020 yilning noyabr oyida Yangihayot tumani hokimi lavozimini egallagan. Undan oldin esa Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Doniyor Muqumjonovich Yusupov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi