Zafarobod hokimi xizmat mashinasida YTHga uchradi
3-sahifa
−
11:12 2863 1 daqiqa
Joriy yilning 30 avgust kuni Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov o‘ziga biriktirilgan xizmat avtomobilida YTHga uchradi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30 avgust kuni Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov o‘ziga biriktirilgan KIA Seltos rusumli xizmat avtomobilida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Avtomobil katta yuk mashinasining orqa tomoniga urilgan va rulda hokimning maktabda o‘qiydigan o‘g‘li bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, tan jarohatlari olgan ota-bola dastlab Zafarobod tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Biroq ularning ahvoli og‘ir bo‘lgani sababli tez yordam mashinasida Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Jizzax shahridagi filialiga olib ketilgan.
Shu yo‘sinda hokim va uning voyaga yetmagan farzandi mazkur YTH oqibatida olgan jiddiy jarohatlari ortidan Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Jizzax shahridagi filialiga yetkazilgan.
Ma’lumot uchun, G‘ayratjon Eshpo‘latov 2024 yil mart oyidan buyon Jizzax viloyatining Zafarobod tumaniga hokimlik qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Tomdi tumani sudining raisi Aziza Mirzayeva YTHda vafot etgan edi.
Live
Barchasi