Yuzlab O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari “Tolibon” safida jang qilayotgani aytildi

Olam

image

Afg‘onistondagi terrorchilar safiga Tojikiston va O‘zbekistondan yuzlab odamlar qo‘shilishmoqda. Bu haqda Afg‘onistonning Badaxshon viloyati gubernatori Axtar Muhammad Xayrzoda aytib o‘tdi. Bu haqda "Pajhwok" axborot agentligi xabar berdi.

“Ular chegaraning qo‘riqlanmaydigan qismlaridan bemalol o‘tib, toliblar tomonida Afg‘oniston armiyasi bilan janglarda faol qatnashadilar. Shuningdek, Kavkaz va xitoylik uyg‘urlar terrorchilar safiga qo‘shilishda davom etmoqda”, deydi Xayrzoda.

Biroq, ushbu bayonotni ommaga e’lon qilgan gubernator Axtar Muhammad Xayrzoda hech qanday aniq dalillarni keltira olmagan.

Badaxshon viloyati kengashi a’zosi Abdulla Naji Nazarining so‘zlariga ko‘ra ushbu hudud, mintaqa kengashi a’zolari, chet elliklar uchun boshpana bo‘lib xizmat qiladi. Bunga viloyatning strategik joylashuvi, Pokiston bilan chegaralarning ochiqligi va viloyatning Tojikiston va boshqa ikki mamlakat bilan umumiy chegaralari yordam beradi.

Chet el fuqarolari Tolibon va Afg‘oniston armiyasi o‘rtasidagi janglarda faol qatnashadilar. Mahalliy hokimiyat vakillarining fikriga ko‘ra, bu qo‘shni davlatlar uchun xavf tug‘diradi.

Badaxshon politsiyasi vakili Sanoulloh Ruhoniyning aytishicha, afg‘on razvedka xizmati xodimlari hech qanday guruhning viloyat hududida ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi va hududni terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha operatsiyalarni boshlagan.

O‘z navbatida, “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid tashkilot jangarilari tarkibida chet el fuqarolari borligini rad etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

1607

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing