“Yuventus” Vlaxovichga yangi jamoa izlayapti
Sport
−
15 avgust 1642 1 daqiqa
Turinning “Yuventus” klubi o‘z hujumchisi bilan shartnomani uzaytirish istagida emas va unga yangi jamoa izlayapti. Bu haqda Italiyaning “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, agar “Milan” uni “rossonerilar” safiga olib kelish masalasini qayta ko‘rib chiqmasa, “Yuventus” serbiyalik futbolchisining yozgi transfer oynasining so‘nggi ikki haftasida boshqa top-klublarning nishoniga aylanishiga umid qilmoqda. Xususan, “Nyukasl”dan ehtimoliy takliflar kutilmoqda, ammo transfer oynasining so‘nggi pallasida ikki klub kelisha oladimi yoki yo‘q – bu masala mavhum.
“O‘tgan mavsum davomida futbolchini kuzatgan “Barselona”da ham imkoniyat bo‘lishi mumkin. Ammo hozircha vaziyatni kuzatish kerak: Komolli (jamoa sport direktori) pulni tejash uchun imkoniyat bo‘lsa, uni sotish bo‘yicha pozitsiyasini saqlab turibdi. Biroq Vlaxovich jamoada qolishi ham mumkin, chunki uning xususiyatlari Tyudorning o‘yin uslubiga mos keladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Dushan Vlaxovichning “Yuventus” bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. 25 yoshli serbiyalik forvard Transfermarkt portalida hozirda 35 million yevroga baholamoqda. Vlaxovich o‘tgan mavsumda Italiya A Seriya doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 10 ta gol urishgan erishgan.