“Yuventus” Ronaldu bilan bog‘liq sud ishi bo‘yicha apellyatsiya berdi
Sport
−
24 may
2985Italiyaning “Yuventus” klubi “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduga 9,8 million yevro to‘lashi bo‘yicha hukm chiqargan sud qaroridan noroziligini bildirib, apellyatsiya berdi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.
Sud “Yuventus”ni deklaratsiyalarda hisobga olinmagan 19,9 million yevro miqdoridagi mablag‘ning yarmini portugaliyalik futbolchiga o‘tkazishni buyurgan edi. Bu Ronaldu koronavirus pandemiyasi paytida turinliklardan olmagan maoshning bir qismi. “Keksa senora” Ronaldudan qarzdor, chunki 2020 yilgi pandemiya paytida u va yana bir qancha klub futbolchilari bilan maoshlarining bir qismini keyinroq to‘lashi haqida kelishuvga erishilgan.
Qayd etish joiz, aprel oyida Ronaldu “Yuventus”ni sudda yutib chiqqandi. Sud qaroriga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 19,5 million yevroni to‘laqonli olmaydi, chunki arbitraj sudi Krishtianu Ronalduni holatga bo‘lgan e’tiborsizligi sabab aybdor deb topgan. “Yuventus”ning sobiq futbolchisi 19,5 million yevro maoshidan salkam 10 million yevrosiga ega chiqishga haqli.
Ronaldu 2018 yildan 2021 yilgacha “Yuventus”da o‘ynagan va bu davrda turinliklar bilan beshta sovrinni qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi