“Yuventus” quyi ligaga tushirib yuborilishi mumkin
Sport
−
30 noyabr 2021
4404Italiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish assotsiatsiyasi (CODACONS) rahbari Marko Donzelli so‘zlariga ko‘ra, “Yuventus” tergov jarayonlarida yolg‘on ma’lumotlar bergani uchun “B” seriyaga tushib ketishi va Skudettodan mahrum qilinishi mumkin.
“Ayblov juda jiddiy va so‘nggi yillarda “Yuventus” chempionatda ketma-ket g‘olib bo‘lgani ham buni tasdiqlaydi. Agar “Keksa sinora” noqonuniy yo‘llar bilan raqiblari ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, federatsiya va bozor raqobati boshqarmasi ishga aralashib, aybdorlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashi kerak edi”, deydi Donzelli.
Shuningdek, CODACONS rahbari jamoa quyi ligaga tushirib yuborilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan:
“Individual sanksiyalardan tashqari, klubga ham jazo belgilanadi. Shu sababli minglab muxlislarni himoya qilish uchun biz Monopoliyaga qarshi qo‘mita va Federal prokuraturaga “Yuventus”ni quyi ligaga tushirib yuborish va kelishilgan o‘yinlar natijasida qo‘lga kiritilgan so‘nggi chempionlik unvonlarini bekor qilishni so‘rab shikoyat qilamiz”.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” prezidenti Andrea Anelli, vitse-prezident Pavel Nedved va sobiq sport direktori Fabio Paratichi yolg‘on xabar berganlikda gumon qilinib, tergovga chaqirilishi haqida xabar bergan edik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-2019 va 2020-2021 yilgi mavsumlarda klubning moliyaviy hisobotlari 50 million yevroga soxtalashtirilgan.
LiveBarchasi